Показать меню

Abduvali Rajabov - Dunyo


Do’stim, havolanib ketma o’zingdan,
Tog’larning boshini egkan dunyo bu.
Azim daryolarni bo’g’ib qa’ridan,
Bir tomchi qoldirmay yutgan dunyo bu. (x2)

Kimnidir yayratib eram bog’ida,
Kimnidir kuydirib farzand dog’ida,
Kimnidir yayratib jannat bog’ida,
Kimnidir kuydirib farzand dog’ida,
Kimnidir o’ldirib yoshlik chog’ida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.

Kimnidir o’ldirib yoshlik chog’ida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Do’stim, havolanib ketma o’zingdan,
Tog’larning boshini egkan dunyo bu.

Do’stlaring aylansa tulki, bo’riga,
Xiyonat qilganda yorlar yoriga,
Boqarkan bir kuni zamon zo’riga,
Barining ustidan kulgan dunyo bu. (x2)

Chang solib necha xush, chaman bog’larga,
Yo’l berib bulbulmas, qarg’a-zog’larga, (x2)
Kuy chalib motamli ohu-vohlarga,
Yolg’onlar kitobin bitgan dunyo bu. (x2)

Do’stim, havolanib ketma o’zingdan,
Tog’larning boshini egkan dunyo bu.

Читать текст песни Abduvali Rajabov - Dunyo


По алфавиту


лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.1 бесплатно