Показать меню

Malika Ravshanova - Bu mening onam


Har bir istagimning chorasin topgan,
Menga tosh otganga jonini otgan,
Dard cheksam, mo`ltirab yonimda yotgan,
Bu mening Onam, bu mening Onam.

Har bir istagimning chorasin topgan,
Menga tosh otganga jonini otgan,
Dard cheksam, yonimda mo`ltirab yotgan,
Bu mening Onam, bu mening Onam.

Qush tinsa, tinmagan bedorim,
Bu ushshoq jonimga madorim,
Yalpizli, lolali bahorim,
Bu mening Onam, bu mening Onam.

Unga gard tegadi men yomon bo`lsam,
Keyin qanday yashar boshini egsam?
Men bormanki, mehr kutmas boshqadan,
Bu mening Onam, bu mening Onam.

Qush tinsa, tinmagan bedorim,
Bu ushshoq jonimga madorim,
Yalpizli, lolali bahorim,
Bu mening Onam, bu mening Onam.

Bugun eng chiroyli gullarni olib,
Qo`liga berayin – ketsin quvonib.
Axir yashayabdi menga ishonib,
Bu mening Onam, bu mening Onam.

Qush tinsa, tinmagan bedorim,
Bu ushshoq jonimga madorim,
Yalpizli, lolali bahorim,
Bu mening Onam, bu mening Onam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Читать текст песни Malika Ravshanova - Bu mening onam


По алфавиту


лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.1 бесплатно