Показать меню

Murodjon Ahmedov - O’rtar


Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar, (x2)
Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o’rtar. (x2)

Kishiga ishq o’tidin zarrai yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar. (x2)

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. (x2)

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
“Nigoro” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay, (x2)
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar. (x2)

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin juda bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan, (x2)
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar. (x2)

Bu Mashrab dardini, jono ki, hech kim boshig’a solma, (x2)
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar. (x2)

Читать текст песни Murodjon Ahmedov - O’rtar


По алфавиту


лучший сайт где можно скачать шаблоны для dle 12.1 бесплатно