Sardor Rahimxon - Tushlarimga kiring otajon
Armonim qo’ymas omon, otamni eslab hamon,
                  Yetimlik dardi yomon, yomon-o, yomon-o, yomon-o.
Ko’zim yo’lga mo’ltirar, go’yoki otam kelar,
                  Ko’cha boshi bo’sh bo’lar, yomon-o, yomon-o, yomon-o.
Jonim to’kildiku mani, qolib ketdi orzularim mani,
                  Hech bo’lmasa tushlarimga kiring, sog’inganim otajonim mani. (x2)
Yuzlarin silab kutsam, bolalik sari ketsam,
                  G’amlarimni unutsam, yomon-o, yomon-o, yomon-o.
Aytolmagan gaplarim, titratadi lablarim,
                  Qabrda kabutarim, yomon-o, yomon-o, yomon-o.
Jonim to’kildiku mani, qolib ketdi orzularim mani,
                  Hech bo’lmasa tushlarimga kiring, sog’inganim otajonim mani. (x2)
Sizning o’rningizni hech kim bosolmaydi dadajon,
                  Sizni yomon sog’indim, keling, hech bo’lmasa tushlarimga kiring.
 Исполнитель:
Исполнитель:  Жанр:
Жанр: 


